Isitmasi bor fuqarolar saylov uchastkasiga kiritilmaydi. Ular qanday ovoz beradi?

Jamiyat

image

Joriy yilning 24 oktyabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Prezidenti saylovida saylovchilar va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilarining tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan taqdirda ular ovoz berish xonasiga kiritilmaydi. Bunda, ular uchun alohida ajratilgan joylardan foydalangan holda yashirin ovoz berish huquqi ta’minlanadi. Bu haqda Prezident saylovini o‘tkazishda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan Yo‘riqnomada belgilangan, deb ma’lum qildi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari Botir Qurbonov.

“Saylovning barcha ishtirokchilari tibbiy niqobda bo‘lishi kerak. Shuningdek, fuqarolar shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish uchun saylov uchastkalari yetarli darajada sanitayzerlar va zararsizlantiruvchi vositalar hamda harorat o‘lchagichlar bilan ta’minlanadi. Saylov uchastkasiga kirayotgan saylovchilarning tana haroratlari o‘lchanadi. 37 darajadan past tana haroratiga ega fuqarolar saylov uchastkasiga kiritiladi. 37 va undan yuqori tana haroratiga ega fuqarolar esa albatta, qaytarib yuboriladi. Ular alohida joyda ovoz berishi ko‘zda tutilgan”, deydi u.

Botir Qurbonov so‘zida davom etarkan, koronavirusga mo‘ljallangan shifoxonalarda yopiq saylov uchastklari tashkil etilishini ma’lum qildi.

“Yo‘riqnomada shifoxonalarda ham saylov uchastkalarini tashkil etish bo‘yicha sanitariya-epidimiologik osoyishtalikni saqlash talablari ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, koronavirusni davolashga mo‘ljallangan shifoxonalarga yopiq saylov uchastkasi maqomi berilgan. Mustaqil yurish imkoniyati mavjud bo‘lgan fuqarolar shifoxona hududida maxsus tashkil etilgan xonada ovoz berishadi. Yotoq rejimidagi fuqarolar esa mobil saylov qutisi orqali ovoz berishlari mumkin bo‘ladi”, deydi Botir Qurbonov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda saylov sabab ayrim karantin cheklovlari yumshatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

COVID-19 MSK Karantin Saylov Qodirov Pandemiya

Baholaganlar

26

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing