Peres “Real” muxlislariga va’da berdi. Mbappe kelasi yil jamoaga olib kelinadi

Sport

image

Kecha, 25 sentyabr kuni “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres jamoa muxlislar bilan uchrashdi va ularga kelasi yili parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma tuzishga va’da berdi. Bu haqda “Directo Goal” xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, La Liganing 7-turidan o‘rin olgan “Vilyarreal”ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng (0:0), “Real” muxlislaridan biri Florentino Peresning mashinasi yoniga kelib: “Janob, Prezident, Mbappe bilan shartnoma imzolaysizmi?” deya so‘ragan. “Qirollik klubi” rahbari muxlisga kelasi yili Kilian, albatta, xarid qilinishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning yozida Mbappening PSJ bilan shartnomasi yakuniga yetadi. Hujumchi shartnomani uzaytirmoqchi emas va katta ehtimol bilan erkin agent sifatida “Real”ga o‘tadi. Biroq “Manchester Siti” har qanday holatda ham futbolchini sotib olishga tayyorligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real PSJ Mbappe Peres

Baholaganlar

68

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing