Peres “Real Madrid”ni tark etishi mumkin
Sport
−
15 noyabr 1901 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi prezidenti Florentino Peres amaldagi vakolati 2028 yilda yakunlanishiga qaramay, kelasi yil boshida o‘z lavozimini tark etishni rejalashtirgan. Bu haqda ispan jurnalisti Pepe Alvares xabar berdi.
Alvaresning aytishicha, Peres klubning rasmiy pozitsiyasidan qat’i nazar, hokimiyatning silliq va uzluksiz o‘tishini ta’minlanishini istamoqda. Biroq jurnalist uning ketishi mumkinligiga sabab bo‘layotgan omillarni ochiqlamagan.
Florentino Peresning iste’foga chiqishi haqidagi xabarlar oxirgi yillarda bir necha bor paydo bo‘lgan. Klub avvalroq ularni qat’iyan rad etgan edi. Bu safar esa ham “Real Madrid” rasmiy yondashuv bildirmadi, biroq Alvaresning postidan keyin “Onda Cero” radiosi Peres lavozimini tark etish niyatida emasligini ma’lum qildi.
78 yoshli Peres 22 yil davomida “Real Madrid”ni boshqarib kelmoqda. U 2000–2006 yillarda, shuningdek 2009 yildan hozirgacha klub prezidenti sifatida faoliyat yuritib, bu davr ichida Madrid klubi 37 ta sovrin, jumladan 7 ta Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
U 2025 yil yanvar oyida yana prezident etib qayta saylangan bo‘lib, uning amaldagi muddati 2028 yilda yakunlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres 122 yillik tarixida birinchi marta tashqi investorlarga ulush sotib olishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.
Live
Barchasi