Pentagonning yangi rahbari tasdiqlandi

Olam

image

AQSH Senati Lloyd Ostin nomzodini Pentagon rahbari lavozimiga tasdiqladi. Uning nomzodini 93 nafar senator ma’qulladi, ikki nafari qarshi bo‘ldi.

Fuqarolik mudofaasi vaziri lavozimga yetti yildan kamroq vaqt oldin nafaqaga chiqqan da’vogarlar Kongressning maxsus roziligini olishi talab qilinadi.

Ostin 2016 yilda iste’foga chiqqan. Kecha uning nomzodini Senatning vakolatli qo‘mitasi tasdiqladi.

Ostin 67 yoshda va to‘rt yulduzli general darajasiga ega. Ostin mudofaa vazirligini boshqargan birinchi afroamerikalik bo‘ldi. U Germaniyada va AQSHning ko‘p joylarida xizmat qilgan, Bosh shtab boshliqlari qo‘mitasida ham ishlagan, diviziyani boshqargan va 2006 yilga kelib general-leytenant unvoniga ko‘tarilgan.

2010 yilda Ostin AQSHning Iroqdagi kuchlariga qo‘mondon etib tayinlangan va askarlarni bosqichma-bosqich mamlakatdan chiqarishga javobgar bo‘lgan. 2011 yil dekabrda u Quruqlikdagi kuchlar shtabi qo‘mondonining o‘rinbosari etib tayinlangan va 2013-2016 yillarda AQSH Markaziy qo‘mondonligini boshqargan. Ushbu lavozimda u Vashingtonning ISHIDga qarshi strategiyasini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynagan.

2016 yilda nafaqaga chiqqanidan so‘ng, u eng yirik qurol ishlab chiqaruvchi Raytheon direktorlar kengashiga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Pentagon

Baholaganlar

109

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing