Pentagonda shu yilning o‘zida ikkinchi marta rahbar almashmoqda

Olam

image

Pentagon rahbari Patrik Shanaxan joriy yilning 24 iyun kuni o‘z vakolatlarini Mark Esperga topshiradi. Esper aynan shu sanadan AQSH mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi. Shanaxan bu haqda seshanba kuni Pentagonda qilgan ma’ruzasida bayon qilgan.

Ma’lumot uchun, Shanaxan joriy yilning yanvar oyidan buyon iste’foga chiqqan Jeyms Mettis o‘rniga Pentagon rahbari vazifasini bajarib kelayotgan edi. U bu lavozimda doimiy ishlash uchun asosiy nomzod bo‘lib turgandi. Ammo, u oilaviy muammolari sabab iste’foga chiqish qarorini qabul qilgan.

AQSH mudofaa vazirligi bayonotida ma’lum qilinishicha, 2019 yilning 24 iyun kuni 00:01 da Mark Esper rasman Pentagon rahbari vazifasiga kirishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Pentagon Patrik Shanaxan Mark Esper

Baholaganlar

15

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing