Pentagon Ukrainaga yangi yordamni tasdiqladi: Ukraina nimalar oladi?

Olam

image

AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainaga qiymati taxminan 1,1 milliard dollarni tashkil etadigan yangi harbiy yordamni tasdiqladi. Ta’kidlanishicha, bu Ukraina Qurolli Kuchlarining mustahkam armiyasini yaratish uchun “ko‘p yillik sarmoya” bo‘ladi.

E’lon qilingan yordam Ukrainaga o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda ustuvor imkoniyatlarni taqdim etish jarayonini boshlaydi. Pentagonning ta’kidlashicha, ushbu paket mamlakatni Rossiya agressiyasidan himoya qilishga yordam beradi.

Ukraina oladigan narsalarning to‘liq ro‘yxati Pentagon saytida allaqachon paydo e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Ukraina:

•    18 ta yuqori harakatchanlikdagi artilleriya raketa tizimlari (HIMARS) va tegishli o‘q-dorilar;
•    150 ta zirhli yuqori harakatchan ko‘p maqsadli g‘ildirakli transport vositalari (HMMWV);
•    qurollarni shatakka olish uchun 150 ta taktik mashina;
•    40 yuk avtomobili va og‘ir texnikalarni tashish uchun 80 tirkama;
•    uchuvchisiz uchish apparatlari uchun ikkita radar;
•    20 ta ko‘p maqsadli radarlar;
•    dronlarga qarshi havo tizimlari;
•    taktik xavfsiz aloqa tizimlari, kuzatuv tizimlari;
•    portlovchi vositalarni yo‘q qilish uchun uskunalar;
•    zirh va boshqa dala jihozlari;
•    o‘qitish, texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlashni moliyalashtirish.

“Jami 2021 yil yanvar oyidan beri Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga xavfsizlik sohasida 16,9 milliard dollarga yaqin yordam ko‘rsatgan. 2014 yildan beri Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga xavfsizlik uchun qariyb 19 milliard dollar, Rossiyaning asossiz va shafqatsiz bostirib kirishi boshlanganidan beri esa 16,2 milliard dollardan ko‘proq yordam ko‘rsatdi”, deya qo‘shimcha qilgan Pentagon.

Ta’kidlanishicha, AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainaning xavfsizlik bo‘yicha bevosita va uzoq muddatli ehtiyojlarini qondirish uchun rasmiy Kiyev bilan aloqalarni davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing