Pentagon tan oldi: AQSH Qobulga hujumda terrorchilarni o‘ldirmagan

Olam

image
0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, avgust oyi oxirida AQSH Harbiy havo kuchlari dron orqali Afg‘oniston poytaxti Qobulga havodan zarba bergandi. Oqibatda 10 nafar tinch aholi, jumladan, yetti bola halok bo‘lgan. Pentagon rasmiy vakili Kennet Makkenzi ushbu xatosi uchun kechirim so‘radi. Bu haqda “Meduza” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Amerika razvedkasi “Xurosondagi islomiy davlat” terrorchilik guruhiga aloqador bo‘lishi mumkin, deb o‘ylab, xayriya tashkilotining 43 yoshli xodimi Zemari Ahmadiyning mashinasini 8 soat kuzatgan. Natijada, dron orqali odamlar mashinaga portlovchi moddaga o‘xshash narsalarni yuklayotganini aniqlagan va uni portlatgan. Ammo mashinada suv bilan to‘ldirilgan plastik idishlar bo‘lgan.

“Bu fojiali xato edi va men bu uchun chin dildan kechirim so‘rayman”, deydi Kennet Makkenzi.

Uning ta’kidlashicha, o‘lganlarning terrorchilar bilan aloqasi bo‘lmagan va Amerika qo‘shinlari uchun xavf tug‘dirmagan.

Qayd etilishicha, Pentagon hozir qurbonlarning oilalariga qanday qilib tovon to‘lashni o‘rganmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 avgust kuni AQSH Harbiy havo kuchlari Qobulga raketa uchirgandi. Vashington bu harakatini terrorchilarni yo‘q qilish uchun qilganini aytdi. Biroq, keyinroq hujum natijasida 10 ga yaqin tinch aholi qurbon bo‘lgani aniqlandi.

Raketa hujumidan avvalroq, joriy yilning 26 avgust kuni Qobul aeroporti yaqinida qator portlashlar sodir bo‘lgandi. Hodisada 100 dan ortiq odam, jumladan 13 nafar AQSH harbiysi halok bo‘ldi. Portlash uchun javobgarlik ISHIDning Afg‘onistondagi shoxobchasi "Viloyati Xuroson" o‘z zimmasiga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing