Pentagon rahbarligiga nomzod Shimoliy Koreyani “yadroviy davlat” deb ta’rifladi

Olam

image
Tramp teleboshlovchini Pentagon rahbari etib tayinlamoqchi  north_east

Tramp teleboshlovchini Pentagon rahbari etib tayinlamoqchi 

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp tomonidan mudofaa vaziri lavozimiga nomzodi ilgari surilgan Pit Xegset Shimoliy Koreyani global barqarorlikka tahdid soladigan “yadroviy kuch” deb ta’rifladi. Bu haqda u AQSH Senati Qurolli kuchlar qo‘mitasiga bergan bayonotida so‘z ochdi.

“Shimoliy Koreyaning yadro quroliga ega davlat sifatidagi maqomi, yadroviy quvvatga ega raketalarni ko‘paytirish bo‘yicha jadal ish olib borishi va ortib borayotgan kiber imkoniyatlari Koreya yarim oroli, Hind-Tinch okeani mintaqasi va butun dunyo uchun xavf tug‘dirmoqda. Bu tahdidlar, ayniqsa, Shimoliy Koreyaning AQSH qo‘shinlari joylashgan AQSH ittifoqchilariga yaqinligi hisobga olinsa, tashvish uyg‘otadi”, dedi Pit Xegset.

Xegsetning Shimoliy Koreyani “yadroviy davlat” sifatida tan olishi munozaralarga sabab bo‘lishi mumkin, chunki Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreyani yadroviy davlat sifatida rasman tan olmaydi. Ma’lumki, AQSH rasmiylarining aksariyati Pxenyan hukumatining "noqonuniy qurol dasturini tan olish va qonuniylashtirishdan qochish" uchun uni ochiqchasiga "yadroviy davlat" deb atashni istamaydi.

14 respublikachi va 13 demokratni o‘z ichiga olgan Senatning Qurolli kuchlar qo‘mitasi Xegsetning tinglovini ko‘rib chiqadi va keyin uning nomzodini tasdiqlash uchun Senatga yuboradi. Xegset Senatning ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlansa, mudofaa vaziri bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya 14 yanvar kuni Yapon dengizi tomon bir nechta qisqa masofali ballistik raketalarni uchirgandi. Raketalar dengizga tushishdan oldin taxminan 250 kilometr uchgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shimoliy Koreya Pentagon Pit Xegset yadroviy davlat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing