Pentagon rahbari Zelenskiy va Tramp uchrashuviga Rossiya bayrog‘i rangidagi galstukda keldi
Olam
−
18 Oktabr 2025 8168 1 daqiqa
AQSH Urush vaziri Pit Hegset Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuvda Rossiya bayrog‘i ranglariga o‘xshash — ko‘k, qizil va oq rangli galstuk taqib ishtirok etdi. Zelenskiy va Tramp uchrashuvida jurnalistlar e’tibori aynan Pit Hegsetga qaratildi.
Shu bilan birga, uning kostyumi cho‘ntagidan chiqib turgan ro‘molcha AQSH bayrog‘i ranglarida bezatilgan edi. Bu yanada ko‘proq e’tibor qozondi.
Kecha, 17 oktyabr kuni oq uyda Vladimir Zelenskiy Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi. Jurnalistlar bilan qisqa suhbatdan so‘ng, uchrashuvning ochiq qismi yakunlandi va ikki lider eshiklar yopiq holda muzokaralarni davom ettirdi.
Uchrashuvdan oldin Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashgan edi. Ular Budapeshtda uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldi.
Putinning yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, Rossiya rahbari Trampni Ukrainaga Tomahawk raketalarini yetkazish AQSH–Rossiya munosabatlariga jiddiy zarar yetkazishi haqida ogohlantirgan. Putin, shuningdek, bu raketalar “jang maydonidagi kuchlar muvozanatini o‘zgartira olmasligini” aytib, ularni urib tushirishga tayyorligini bildirgan.