Pentagon G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga qarshi chiqdi
Olam
−
03 noyabr 2023
8006AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) blokadadagi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi general Patrik Rayder bayonot berdi.
Uning aytishicha, o‘t ochishni to‘xtatish HAMASning "oyoqqa turishi"ga olib keladi.
"Biz HAMASga qayta to‘planish uchun vaqt beradigan hamda Isroil xalqi va boshqalarni xavf ostiga qo‘yadigan o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlamaymiz", deydi Pentagon voizi.
Shu bilan birga, Rayder AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azo sektoriga zarur yordam yetkazilishi va odamlarni, jumladan, garovga olinganlarni olib chiqish uchun gumanitar pauza g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.
“Pentagon rahbari Lloyd Ostin hamkasblari bilan uchrashuvlarida G‘azodagi falastinlik tinch aholiga gumanitar yordam yetkazib berish masalasini ham muhokama qildi”, degan matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Kongressi Vakillar palatasi respublikachilarning Isroilga 14,3 milliard dollarlik yordam ko‘rsatish rejasini ma’qullagandi.
LiveBarchasi