Pentagon endi Urush vazirligi bo‘ladi
Olam
−
06 Sentabr 4165 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 5 sentyabr kuni mamlakat Mudofaa vazirligini Urush vazirligi deb qayta nomlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uy rahbari Oval kabinetda ma’lum qildi.
“Menimcha, bu g‘alaba va kuch xabarini yuboradi”, dedi Tramp.
Uning fikricha, dunyodagi hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, bunday nom ko‘proq mos keladi.
Hujjatga ko‘ra, AQSH Mudofaa vaziri Pit Hegset endi “Urush vaziri” unvonidan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Pentagon rahbarining so‘zlariga ko‘ra, idora nomini o‘zgartirish “so‘z emas, balki harbiy etikani tiklashdir”.
“Maksimal halokatlilik – zaif qonuniylik emas. Qattiq kuch – siyosiy to‘g‘rilik emas. Biz nafaqat himoyachilarni, balki jangchilarni ham tarbiyalaymiz”, dedi Hegset.
Rasmiy nomni o‘zgartirish AQSH Kongressi roziligini talab qiladi. Respublikachi senatorlar Mayk Li, Rik Skott va Greg Steube allaqachon tegishli qonun loyihasini taqdim etgan.
Demokratik partiya esa Donald Trampning tashabbusini qimmat va chalg‘ituvchi deb hisoblaydi. Tanqidchilarning ta’kidlashicha, idora butun dunyo bo‘ylab AQSH harbiy ob’ektlarida forma, emblema va belgilarni yangilash uchun milliardlab dollar sarflashi kerak.
Ma’lumot uchun, u joylashgan binoning beshburchak shakli tufayli an’anaviy ravishda Pentagon deb ataladigan AQSH Mudofaa vazirligi hozirgi ko‘rinishida 1947 yilda yaratilgan. U Harbiy-dengiz kuchlari departamentini, armiya departamentini va havo kuchlari departamentini birlashtiradi. Oxirgi ikkitasi ilgari bitta bo‘lib, 1789 yildan beri mavjud bo‘lgan Urush bo‘limi deb nomlangan.
1947 yildan 1949 yilgacha birlashtirilgan bo‘lim Milliy urush bo‘limi deb ataldi va 1949 yilda u o‘zining hozirgi nomi – Mudofaa vazirligi nomini oldi.
Live
Barchasi