Pentagon Amerika zarbalari oqibatida o‘lgan odamlar sonini kamaytirib ko‘rsatgan – NYT

Olam

image

Yuzlab va hatto minglab tinch aholi, jumladan, bolalar Amerika havo hujumlarining Iroq, Suriya va Afg‘onistondagi ISHID terrorchilari pozitsiyalariga zarbalarining tasodifiy qurboni bo‘lgan, ammo ularning o‘limi haqidagi ma’lumotlar AQSH harbiylari tomonidan hisobga olinmagan. Bu haqda “The New York Times” gazetasining Pentagonning Yaqin Sharqdagi harbiy amaliyotlari haqidagi 1,3 mingdan ortiq maxfiy hujjatlarni o‘rganib chiqqan tadqiqotida aytiladi.  

AQSH Mudofaa vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yildan beri Amerikaning Suriya va Iroqdagi havo hujumlari natijasida 1417 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, Afg‘onistonda 2018 yildan buyon tasodifiy tinch aholi qurbonlari soni 188 nafarni tashkil etgan. 

Nashrning ta’kidlashicha, qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin, ammo ularning aniq sonini hisoblashning iloji yo‘q. 

Jurnalistlar Pentagonni harbiylar tinch aholi o‘limini tergov qilmagani va kelajakda bunday xatolarning oldini olish uchun hech qanday chora ko‘rmagani uchun qoralamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, faqat 12 foiz hollarda voqealarni to‘liq tekshirish tavsiya etilgan. 

Ta’kidlanishicha, harbiylar hech qachon qurbonlar uchun intizomiy jazoga tortilmagan. Pentagon vakili Bill Urbanning aytishicha, dunyodagi eng yaxshi texnologiya bilan ham harbiy xatolarning oldini olish mumkin emas. 

“Biz zarar bermaslik uchun ko‘p harakat qilamiz. Har bir begunoh qurbondan afsusdamiz”, degan u.


Maqola muallifi

Teglar

Yaqin Sharq Pentagon

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing