Pensiya jamg‘armasi mansabdori pora bilan ushlandi
Jamiyat
−
28 noyabr 2019
9511Toshkent viloyati Ohangaron shahrida pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Ohangaron shahar pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i S.A. fuqaro M.D.ning nafaqa hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga, undan 1,0 mln so‘m pullarni pora tariqasida talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi