Pensiya tizimida yangi nafaqa paydo bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan 2022 yil 1 apreldan e’tiboran o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning  parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi joriy etildi.

Bunda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Pensiya jamg‘armasining axborot tizimiga elektron tarzda taqdim etib boradi.

Qayd etilishicha, parvarishlash nafaqasini olish istagidagi fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali murojaatlar qilishi mumkin. Murojaat ko‘rib chiqilib, Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mavjud bo‘lgan elektron ma’lumotlarga asosan tayinlanadi va to‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

nafaqa

Baholaganlar

616

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing