Pensiya tayinlashda talab qilinadigan 6 ta hujjat bekor qilindi
Jamiyat
−
31 yanvar 2020
12252Pensiiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalariga topshiriladigan 6 ta ma’lumotnoma endilikda talab qilinmaydi. Quyida ushbu hujjatlar ro‘yxati bilan tanishing:
1. Turar joyda yashovchi shaxslar ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma;
2. Oila a’zolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
3. Qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
4. Vafot etgan boquvchining qaramog‘idagi oila a’zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
5. Shaxsiy yordamchi xo‘jaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtirish bilan bandligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
6. Dafn o‘tkazilganligi holatini tasdiqlash uchun ma’lumotnoma.
Fuqarolarga yaratilayotgan bu kabi qulayliklar ularning ortiqcha ovoragarchiligini oldini olib, davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 28 turdagi hujjatlar talab qilinishi bekor qilingandi.
LiveBarchasi