Pensionerlarning nafaqasi kartaga tushganidan so‘ng qayta bekor qilindi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda pensionerlarning pensiya pullari bank kartalariga tushirilgandan keyin bekor qilingani haqida xabarlar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Pensiya jamg‘armasi munosabat bildirdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Xalq banki tizimida pensiya mablag‘larining yuklanishi jarayonida texnik nosozlik yuzaga kelgani sababli ba’zi mijozlarning bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar "bekor qilingan" holati yuzaga kelgan. 

Mazkur holat jami pensiya oluvchilarning 3 foizida kuzatilgan. Hozirda ushbu xatoliklar bartaraf etilib, "bekor qilingan" pul mablag‘lari bank kartalarga qaytarilmoqda. 

Qayd etilishicha, barcha pensiya oluvchilarga, shu jumladan, yuqoridagi muammoga duch kelgan mijozlarga ham pensiya mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga  asosan, o‘zgarishsiz oyning 5-sanasigacha tushirib beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

pensiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing