Pensilvaniya sudi Tramp kompaniyasining da’vosini rad etdi
Olam
−
18 noyabr 2020
3774AQSH Prezidenti Donald Tramp shtab-kvartirasining Filadelfiyada kuzatuvchilarning ovozlarni sanash jarayonini kuzatish imkoniyati cheklanganligi haqidagi da’vosi inobatga olinmadi. Pensilvaniya Oliy sudi da’voni rad etdi.
"Biz ushbu hujjatda qo‘llanilgan komissiya qoidalari oqilona bo‘lgan deb hisoblaymiz", deyilgan sud hujjatida.
Ta’kidlanganidek, ushbu qoidalar nomzodlar vakillariga komissiya o‘z faoliyatini saylov kodeksiga muvofiq qanday amalga oshirayotganini nazorat qilish imkoniyatini berdi.
Ma’lumot o‘rnida, AQSH Respublikachilar partiyasi Pensilvaniya shtatida kechikib kelib tushgan 10 mingga yaqin byulletenlarni bekor qilishni talab qilib sudga murojaat qilgan. Biroq, AQSH Uchinchi Apellyatsiya sudi da’voni rad etdi.
AQSHda prezidentlik saylovi 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Mavjud dalillarga asoslanib, Amerikaning yetakchi OAVlari Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Ko‘plab davlat yetakchilari uni g‘alaba bilan tabriklamoqda. Shu bilan birga, Tramp saylovlar hali tugamaganligi, sudda o‘z g‘alabasini himoya qilmoqchi ekanligini aytmoqda.