Pelosi Netanyaxuni iste’foga chiqishga chaqirdi

Olam

image

AQSH Kongressi Vakillar palatasining sobiq spikeri, demokrat Nensi Pelosining aytishicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ko‘p yillardan beri ikki davlat yechimiga to‘siq bo‘lib kelgan va shuning uchun ham u iste’foga chiqishi kerak. Bu haqda u Irlandiya telekanallaridan biriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Pelosining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Isroil xavfsizligini har tomonlama himoya qilish tarafdori, biroq Netanyaxuning 2023 yil 7 oktyabrdan keyingi usullariga rozi emas.

“Biz Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini tan olishimiz kerak. Biroq biz Netanyaxu siyosati va usullarini rad etamiz. Sodir bo‘lgan ish dahshatli edi, lekin uning (Netanyaxuning) javobidan ham yomonroq nima qilish mumkin?” deydi u.

Pelosi G‘azodagi vayronagarchilik juda katta ekanini ta’kidladi.

"Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, axir u buning uchun javobgardir. U tinchlikdan qo‘rqadimi yoki shunchaki tinchlikni xohlamaydimi, bilmayman, lekin u ko‘p yillar davomida ikki davlat yechimiga to‘sqinlik qilmoqda", deydi u.

Yaqinda AQSH Kongressining Vakillar palatasi Isroilga 26 milliard dollarlik yangi yordam paketini ma’qulladi va Pelosi paketni yoqlab ovoz bergan qonunchilar orasida edi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq paket Senat tomonidan ham ma’qullangandi. AQSH Prezidenti Jo Bayden 95 milliard dollarlik yordam paketi, jumladan, Ukraina va Tayvanga yordam paketi ish stoliga yetgan zahoti imzo chekishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Nensi Pelosi Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing