Payariqqa yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 5 avgust kuni Samarqand viloyatining Payariq tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Bugun xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etgan sessiyada 2023 yil avgust oyidan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Isroil Jabborov boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.  

Shu paytgacha viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev esa Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Shunqor Xudoyberdiyev bundan avval Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Pastdarg‘om tumani hokimi vazifalarida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Payariq Shunqor Xudoyberdiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing