Payariqda 60 nafar o‘qituvchida COVID-19 aniqlandi
Jamiyat
−
12 Sentabr 2020
9669Samarqand viloyatining Payariq tumanida 576 nafar pedagog-xodimlardan 60 nafarida COVID-19 virusiga birlamchi musbat natija berdi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
O‘quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilish borasida sinf rahbarlari tomonidan bugungi kunga qadar 47 810 nafar (96,5 foiz) ota-ona bilan muloqot qilindi. Shundan 35 850 nafar (72,3 foiz) ota-ona an’anaviy ta’lim shaklini, 11 959 nafari (27,3 foiz) esa masofaviy ta’lim shaklini tanlagan.
2020-2021 o‘quv yiliga 96 ta maktab tayyor holga keltirilgan bo‘lib, maktablar faoliyati tiklanganda o‘quvchilar sog‘ligini himoyalash uchun jami 208 dona pirometr, 672 dona dozator, 21 452 litr antesiptik aralashma va kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun 3 128 dona tibbiy niqobga ehtiyoj mavjud.
Tuman SEO markazi tomonidan tumandagi 99 ta umumta’lim maktablaridan hozirga qadar 55 tasi o‘rganib chiqilgan bo‘lib, faoliyatini tiklashga tayyor bo‘lgan maktablarga maktab faoliyatini an’anaviy tarzda davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Hozirga qadar tuman SEO markazi tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan 1 860 nafar pedagog-xodimlar COVID-19 virusiga test topshirgan bo‘lib, hamma tahlil javobi chiqmagan. 1-kuni test topshirgan 576 nafar pedagog-xodimlardan 60 nafarida COVID-19 virusiga birlamchi musbat natija bergan va ushbu fuqarolarga nisbatan provizor gospitaliga yotqizilishi va profilaktik tadbirlarni o‘tkazilishi bo‘yicha xulosa berildi.
Avvalroq, Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 40 nafar o‘qituvchi-pedagogda koronavirus aniqlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi