Pavel Durov Qirg‘izistonga keldi

Olam

image

Kecha, 12 iyun kuni Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Qirg‘izistonga keldi. Bu haqda “Kaktus.media” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pavel Durov Issiqko‘ldan qo‘nim topgan. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar orasida rossiyalik bloger Huseyn Gasanov ham bor.

Pavel Durov tashrifining asosiy sababi oshkor qilinmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uni Qirg‘iziston rasmiylari yirik loyihaning potensial investori sifatida ko‘rib, Issiqko‘lga taklif qilgan. Gap shundaki, Qirg‘izistonda  Markaziy Osiyodagi eng yirik bo‘lishi kerak bo‘lgan “Three peaks” deb nomlangan tog‘-chang‘i kurortini qurish rejalashtirilmoqda. Aprel oyi oxirida mamlakat Prezidenti Sadir Japarovga loyiha rejasi taqdim etilgan. Pavel Durov esa loyihaga sarmoyador sifatida jalb qilingan.

“Hokimiyat  “Three peaks” loyihasiga sarmoya kiritish uchun shart-sharoit yaratmoqda. Ma’lumki, ushbu loyihaning asosiy ishtirokchisi Fransiyaning “Société des Trois Vallées (S3V)” kompaniyasidir. Durov investor sifatida jalb qilingan. Shuningdek, Telegram asoschisining mashhur nomi yanada ko‘proq potensial investorlarni jalb qilishga va reklamaning ommalashishiga yordam beradi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, loyihaning birinchi bosqichida 60 km qiyalik va 6 ta kanton qurish rejalashtirilgan, qurilish 2026 yil oxirigacha yakunlanishi kerak. Bu ishlar uchun 165 million yevro sarmoya talab etiladi. Loyihani amalga oshirish uchun davlat korxonasini tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Pavel Durov Huseyn Gasanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing