Patriot`inga ham, samolyotinga ham... Turkiya baribir S-400 ni sotib oldi
Olam
−
12 iyul 2019
7891Rossiya Turkiyaga S-400 zenit-raketa majmuasi qismlarining ilk partiyasini yetkazib berdi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
“ZRM qismlari Anqara viloyatidagi Murted aviabazasiga olib kelinyapti”, deyilgan xabarda.
RIA Novostining ma’lum qilishicha, Rossiya tomon ham bu xabarni tasdiqlagan.
Turkiya va Rossiya o‘rtasida kelishuv 2017 yilda imzolangandi. Unga ko‘ra, RF 2,5 mlrd dollar evaziga to‘rtta S-400 ZRM diviziyasini yetkazib berishi kerak edi.
Turkiyaning Rossiyadan qurol sotib olishi AQSHning jiddiy qarshiligiga sabab bo‘ldi. Amerika Turkiyaga o‘zining Patriot majmualarini taklif qilib S-400 dan voz kechishini so‘radi. Rad qilgudek bo‘lsa, rasmiy Vashington Anqaraga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotmay qo‘yishi va kamiga sanksiyalar joriy qilish bilan tahdid qildi.
LiveBarchasi