Pashinyanning vertolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi (video)

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning vertolyoti Yerevandan 132 km shimolda joylashgan Vanadzor shahridagi stadionga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Armaniston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Ayrim manbalarga ko‘ra, Pashinyan Yerevandan 152 km shimolda joylashgan Gruziya bilan chegaradagi Tashir shahriga yo‘l olgan. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra esa, Bosh vazir yaqinda Armaniston-Ozarbayjon chegarasi delimitatsiya qilingan Ozarbayjon bilan chegaradagi Baganis qishlog‘iga yo‘l olgan. Armaniston hukumati bu ma’lumotga izoh bermayapti.

 “Azizlarim, hammasi yaxshi. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli vertolyotimiz Vanadzorga rejadan tashqari qo‘ndi. Endi biz sayohatni mashinada davom ettiramiz. Hammaga xayrli kun tilayman”, deb yozdi Nikol Pashinyan o‘zining Facebook'dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 19 may kuni Eron Prezidentini olib ketayotgan vertolyot Eron shimoli-g‘arbiy qismida qiyin qo‘nishni amalga oshirgandi. Qidiruv operatsiyasi 12 soatdan ortiq davom etdi. 20 may kuni Eron Qizil yarim oy jamiyati vertolyot qulagan joyni topdi. Raisiy, mamlakat Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori Malik Rahmati va boshqa rasmiylar vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston vertolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing