Pashinyanning o‘g‘liga hujum uyushtirilgani aytilmoqda
Olam
−
03 aprel 2023 7889 1 daqiqa
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning o‘g‘li Ashotga hujum uyushtirildi. Bu haqda mamlakat parlamenti spikeri Alen Simonyanga tayanib, TASS xabar berdi.
“Kecha, 2 aprel kuni Ashot Pashinyanga hujum uyushtirildi”, deb yozgan u Facebook'dagi sahifasida.
Uning fikricha, bu uyushtirilgan provokatsiya bo‘lib, ularning izlari mamlakat chegarasidan tashqaridagilarga borib taqaladi. Simonyan voqea haqida boshqa tafsilotlar keltirmagan.
Armaniston politsiyasi esa bunga javoban Ashotga qilingan hujum haqida xabar kelib tushmaganini ma’lum qilgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28