Pashinyanning Hukumatdagi kuni bitdimi?
Olam
−
18 may
6317Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan muxolifat talab qilganidek, hech qanday holatda iste’foga chiqmoqchi emas. Navbatdagi parlament saylovlari esa 2026 yilda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda brifingda hukmron “Fuqarolik kontrakti” partiyasi a’zosi, parlament tashqi aloqalar bo‘yicha komissiyasi rahbari Sargis Xandanyan ma’lum qildi.
“Bizning partiyamiz siz aytayotgan kun tartibi bilan [muxolifatning ruhiy rahbari arxiyepiskop Bagrat bilan] uchrasha olmaydi (Pashinyanning iste’fosini nazarda tutadi). 2021 yilgi parlament saylovlarida Armaniston Respublikasi fuqarolari parlamentni tuzdilar, parlament hukumatni tuzdi va uning raisi bor. Armanistonda hukumat 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi parlament saylovlarida faqat qonuniy yo‘llar bilan o‘zgartirilishi mumkin. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, biz bu masalani hech kim bilan va hech qanday sharoitda muhokama qilmoqchi emasmiz”, deydi u.
Ma’lumot uchun, “Vatan uchun Tavush” muxolifat harakati butun Armaniston bo‘ylab aksiyalarni muvofiqlashtirib, Tavush viloyatida Ozarbayjon bilan chegarani bir tomonlama delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayoniga qarshi norozilik bildirmoqda. Harakat rahbari arxiyepiskop Bagratdir. 9 may kuni Yerevan markazida bo‘lib o‘tgan katta mitingda u Pashinyanning iste’fosini talab qildi, shuningdek, parlamentdagi muxolifat fraksiyalari impichment jarayonini boshlayotganini aytdi. So‘nggi kunlarda arxiyepiskop boshchiligidagi harakat piket va norozilik namoyishlari tashkil etib, turli siyosiy kuchlar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
LiveBarchasi