Pashinyan Putinga telefon qildi
Olam
−
17 yanvar
5160Bugun, 17 yanvar kuni Armaniston tomonining tashabbusi bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan telefon orqali suhbat o‘tkazdi. Bu haqda Putin va Pashinyanning matbuot xizmatlari xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tomonlar 2024 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi Majlisining davomi sifatidagi integratsion hamkorlikni muhokama qilgan.
“Suhbatdoshlar Armaniston Respublikasining Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi raisligi natijalarini, Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi doirasidagi bo‘lajak vazifalarni, shuningdek, Armaniston-Rossiya ikki tomonlama kun tartibidagi bir qator masalalarni muhokama qildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Nikol Pashinyan Yerevanning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar kontekstidagi so‘nggi harakatlari bilan bog‘liq vaziyatni Putinga tushuntirib bergan.
“Rossiya rahbari tegishli sharhlar va baholarni berdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yiling 25 dekabr kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)ning norasmiy sammitida ishtirok etmagandi. Shuningdek, 26 dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan YeOII sammitida yig‘ilishga onlayn formatda qatnashgan Nikol Pashinyan Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko bilan tortishgandi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar