Pashinyan Putindan harbiy yordam so‘radi

Olam

image
Makron arman tilida Ozarbayjonga talab qo‘ydi north_east

Makron arman tilida Ozarbayjonga talab qo‘ydi

Armaniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan harbiy yordam so‘radi. Bu haqda uning o‘zi ma’lum qildi.

“Kecha Ozarbayjon Qurolli kuchlari Armaniston hududini tark etishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Bu kelishuv qisman bajarildi, ozarbayjonliklar ba’zi hududlarni tark etdi. Biroq kelishuv to‘liq bajarilmagani sababli men bugun Rossiya Prezidentiga 1997 yilda imzolangan Do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnoma va Arman-rus guruhlari to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq Armanistonga harbiy yordam berishini so‘rab murojaat qildim”, degan Pashinyan.

Unga ko‘ra, 102-rus harbiy bazasining vakili Armaniston chegaralaridagi vaziyat bo‘yicha Ozarbayjon Qurolli kuchlari vakillari bilan muzokaralarga qo‘shildi.

“Shunisi e’tiborga loyiqki, bizning xaritalarimiz va Rossiya harbiy bazasining xaritalari ushbu hududga egalik qilish to‘g‘risidagi bayonotlarimizni tasdiqlaydi”, degan Pashinyan.

Armanistonning Syunik viloyatidagi Goris shahri hokimiyati joriy yilning 12 may kuni Ozarbayjon harbiylari mamlakatning davlat chegarasini buzganini e’lon qildi. Kecha Pashinyan TIV, Mudofaa vazirligi rahbarlari va Xavfsizlik kengashi kotibiga Ozarbayjon Qurolli kuchlarining Armaniston hududiga kiritilishi munosabati bilan Kollektiv xavfsizlik shartnomasining 2-moddasiga muvofiq maslahatlashuvlarni boshlashni buyurdi.

O‘z navbatida rasmiy Baku Tashqi ishlar vazirligi Yerevanning Ozarbayjon-Armaniston chegarasini muvofiqlashtirish jarayonlariga munosabatini nomunosib deb baholadi va Armaniston rasmiylarini saylov arafasida vaziyatdan ichki siyosiy maqsadlarida foydalanmaslikka chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Nikol Pashinyan Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

340

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing