Makron arman tilida Ozarbayjonga talab qo‘ydi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron o‘zining Facebook’dagi sahifasida Ozarbayjon qo‘shinlarini Armaniston hududidan olib chiqish zarurligini ta’kidladi. E’tiborli jihati, u postni arman tilida qoldirgan.

“Ozarbayjon qo‘shinlari Armaniston hududiga bostirib kirdi. Ular zudlik bilan qaytishlari kerak”, deb yozgan u arman tilida. 

Makronning qo‘shimcha qilishicha, Fransiya arman xalqini qo‘llab-quvvatlagan va qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Yelisey saroyi Matbuot xizmatining xabar qilishicha, kecha, 13 may oqshomida Makron Armaniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan bilan telefon orqali suhbat chog‘ida ushbu mavzuni muhokama qilgan. 

“Fransiya mintaqadagi keskin vaziyatni BMT Xavfsizlik Kengashi orqali hal qilish tarafdori. Bu mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlaydi”, deya ta’kidlagan yetakchilar.

Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon harbiylari “o‘z xatti-harakatlarini qandaydir o‘ylab topilgan va soxta kartalar bilan isbotlashga uringan”. U Bakuni Armaniston hududiga tajovuz qilganlikda aybladi va KXSHTga murojaat qilishga qaror qildi. Pashinyan mamlakatda 250 ga yaqin ozarbayjonlik harbiy xizmatchilar borligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston Pashinyan Makron

Baholaganlar

596

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing