Pashinyan Putin, Rahmon, Japarov, Lukashenko va To‘qayevni Aliyevga qarshi qayradi

Olam

image

Armaniston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT)dan Ozarbayjonning chegaradagi harakatlariga siyosiy baho berilishini kutmoqda. Armaniston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bosh vazir Nikol Pashinyan bugun, 28 oktyabr kuni KXSHT kengashi yig‘ilishida shunday bayonot bergan. 

“Pashinyan 2021 yil 12 may va undan keyin, shu jumladan, 2022-yil 13-14 sentyabrda Armanistonning suveren hududiga uyushtirilgan Ozarbayjon tajovuziga KXSHT tomonidan aniq siyosiy baho berish va uni qayta tiklash bo‘yicha yo‘l xaritasini shakllantirish zarurligini ta’kidladi. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha KXSHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlariga qaror loyihasini kelishib olish topshirildi”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, Pashinyan uchrashuvda KXSHT bosh kotibining chegaradagi vaziyat haqidagi hisoboti ko‘p jihatdan mavjud voqelikni, xususan, Ozarbayjon tuzilmalarining Armaniston Respublikasi suveren hududiga bostirib kirishi faktini va uning takrorlanishi xavfini aks ettirishini ta’kidladi.  

U Ozarbayjon kuchlarini dastlabki pozitsiyalariga qaytarish zaruratini alohida qayd etdi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilishda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT)ning Kollektiv xavfsizlik kengashi (KXK) Baku va Yerevan o‘rtasidagi ziddiyatlarni siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal etish tarafdori bo‘ldi.

Sessiya bugun, 28 oktyabr kuni videokonferensiya orqali bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va KXSHT Bosh kotibi Stanislav Zas ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan KXShT

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing