Putin Pashinyan bilan Ozarbayjonga tashrifini muhokama qildi – Yerevan

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilib, Rossiya rahbarining Ozarbayjonga tashrifini muhokama qildi. Bu haqda Armaniston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar qildi.

“Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Rossiya Prezidenti Armaniston Bosh vaziriga o‘tgan hafta Ozarbayjonga qilgan tashrifi taassurotlari haqida ma’lumot berdi, buning uchun Bosh vazir Pashinyan Prezident Putinga minnatdorchilik bildirdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Pashinyan kelajakda Putin bilan uchrashib, ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishga kelishib olganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 18 avgust kuni kechasi Vladimir Putin Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan borgan va uni Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev va birinchi xonimi Mehribon Aliyeva uylarida yozilgan kechki ovqat dasturxonida qarshi olgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing