Pashinyan KXSHTning ikki davlatini 2020 yilgi mojaroda Ozarbayjonga yordam berishda aybladi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan 2020 yilda Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy amaliyotlar chog‘ida Ozarbayjonga ko‘mak ko‘rsatgan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga a’zo ikki davlatdan xabardor ekanini aytdi. Uning so‘zlarini “News.am” keltirmoqda.

“Bizga qarshi urush tayyorlashda qatnashgan KXSHTga a’zo kamida ikkita davlatni bilaman. Ushbu davlatlar Armanistonga nomigagina yordam ko‘rsatgan”, deydi Nikol Pashinyan.

U gap qaysi davlatlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Nikol Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, bu urush “Tog‘li Qorabog‘ haqida emas, balki Armaniston mavjud bo‘lmasligi uchun” edi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Armanistonning mavjudligiga barham berishga urinishlar 2021 yil may, 2022 yil va 2023 yil sentyabr oylarida Armaniston va Ozarbayjon harbiylari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda ham davom etgan.

"Bu ish bermadi. Endi 2024 yil 9 may kuni yana bir urinish bo‘ldi (Arman cherkovi arxiyepiskopi Pashinyanning iste’fosini talab qilgan aksiya). Bu yana ish bermadi va bo‘lmaydi ham”, deydi Armaniston Bosh vaziri.

Pashinyanning ta’kidlashicha, Ozarbayjon bilan chegarani delimitatsiya qilish jarayoni “9 maydagi harakatlar bilan parallel ravishda Ozarbayjon bilan chegara to‘qnashuvlarini boshlashni imkonsiz qildi”.

Ma’lumot uchun, ikkinchi Qorabog‘ urushi 2020 yil 27 sentyabrda boshlangan va 44 kun davom etgan. Ozarbayjon uni qo‘lga kiritib, Tog‘li Qorabog‘ga tutash hududlarning muhim qismlarini, shuningdek, Tog‘li Qorabog‘ning o‘zining bir qismini, shu jumladan Shusha va Gadrut shaharlarini o‘z nazoratiga qaytardi. Qorabog‘ hududi 2023 yil sentyabridagi janglarda to‘liq Ozarbayjon nazoratiga o‘tdi.

2024 yil 1 yanvarda Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi rasman tugatildi.

KXSHTga Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Armaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing