Pashinyan xalqaro hamjamiyatni noto‘g‘ri yo‘lga boshlamoqda – Ozarbayjon TIV

Olam

image

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ayxan Hojizoda Myunxendagi arman jamiyati bilan uchrashuvda Armaniston Bosh vaziri tomonidan bildirilgan fikrlarni izohlar ekan, Pashinyan xalqaro hamjamiyatni noto‘g‘ri yo‘lga yetaklayotganini bildirdi.

Uning aytishicha, Germaniya kansleri tashabbusi bilan Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining uchrashuvi konstruktiv va foydali muhitda o‘tganiga, Ozarbayjon-Armaniston munosabatlarini normallashtirish, chegaralarni delimitatsiya qilish va tinchlik shartnomasini tuzish chaqiriqlariga qaramay, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan xalqaro hamjamiyatga noto‘g‘ri chaqiriq bilan chiqishi rasmiy Bakuda achinish hissini tug‘dirmoqda.

Hojizoda Armaniston Bosh vazirining Qorabog‘ning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmayotgani haqidagi fikrini Ozarbayjon hududlariga qarshi asossiz da’vo deb atagan va bu uchun mojarolarni davom ettirish ahmoqlik ekanini bildirgan.

“Bu bilvosita arman tomonining da’vosi hali ham davom etayotganini isbotlaydi. Shu munosabat bilan Armaniston Konstitutsiyasi va qonun hujjatlarida hududiy yaxlitligimiz va suverenitetimizga qarshi munosabatlarni bartaraf etish zarur. Armaniston Bosh vazirining fikrlari ham Armanistonning xalqaro huquqqa zid pozitsiyani egallashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun xalqaro hamjamiyat bosimi muhimligini ko‘rsatadi”, degan TIV matbuot kotibi.

Qo‘shimcha ravishda, Hojizoda Armaniston o‘z majburiyatlariga zid ravishda Ozarbayjon hududidan o‘z Qurolli kuchlarini olib chiqmagani, aloqa liniyalarini ochish majburiyatini bajarmaganini bildirgan. 

“Armaniston tomoni tushunishi kerakki, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘li qo‘shni davlatlar bilan hududiy yaxlitlik va suverenitetni tasdiqlash va hurmat qilish asosida munosabatlarni o‘rnatish hamda Ozarbayjon bilan tinchlik o‘rnatish bo‘yicha bevosita konstruktiv muzokaralar olib borishdan iboratdir”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16-18 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida Nikol Pashinyan, Olaf Shols va Ilhom Aliyev o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tgan va har ikki davlat Tashqi ishlar vazirlariga tez orada yana uchrashib, tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish topshirilgan. Shu bilan birga, chegaralarni delimitatsiya qilish bo‘yicha komissiyalar muzokaralarini davom ettirish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Nikol Pashinyan Ayxan Hojizoda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing