Pashinyan Qorabog‘da armanlar ildizi bilan yo‘q qilinayotganini iddao qildi
Olam
−
28 Sentabr 2023
5689Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan yaqin kunlarda (tugatilgan) Tog‘li Qorabog‘da birorta ham arman aholisi qolmaydi, deb hisoblamoqda. Bu haqda u hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Tahlil shuni ko‘rsatadiki, yaqin kunlarda Tog‘li Qorabog‘da birorta ham arman qolmaydi. Bu bevosita etnik tozalash va deportatsiya harakatidir, biz xalqaro hamjamiyatni uzoq vaqtdan beri ogohlantirib kelayotgan edik”, deydi u.
Shuningdek, Nikol Pashinyan Ozarbayjondagi nazorat-o‘tkazish punktlarida Tog‘li Qorabog‘dan kelgan armanlar hibsga olinishidan xavotir bildirgan.
“Tog‘li Qorabog‘ aholisini Armanistonga o‘tkazish punktida va undan o‘tishdan oldin Ozarbayjon tomoni o‘zboshimchalik bilan fuqarolarni hibsga oladi. Bizning davlat idoralarimiz ularni himoya qilish choralarini ko‘rishi kerak. Xalqaro maydonlarda ularning huquqlari himoya qilinishi kerak”, deydi u.
Armaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Tigran Xachatryanning so‘zlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 09:00 holatiga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘dan Armanistonga 66 mingdan ortiq odam kelgan, bu 120 minglik hudud aholisining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi. Taxminan 11 ming kishi uy-joy bilan ta’minlangan, ba’zi qochqinlar davlat yordamiga muhtoj emas.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 sentyabr kuni xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi uning rahbari Samvel Shahramanyan tomonidan imzolangan farmon bilan tugatildi.
LiveBarchasi