Pashinyan armanlar genotsidining asosiy sababini aytdi

Olam

image

Usmonlilar imperiyasidagi armanlar genotsidi arman xalqining xalqaro fitnalar jarayoniga tortilishi oqibatida sodir bo‘lgan – bu jarayon XIX asr o‘rtalarida boshlanib, 1915 yilda o‘zining fojiali cho‘qqisiga chiqqan. Bu haqda kecha, 24 aprel kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan fojiali voqealarning 111 yilligi munosabati bilan fuqarolarga yo‘llagan murojaatida bayonot berdi. 

Siyosatchining qayd etishicha, har yili 24 aprel kuni o‘n minglab armanlar “Sitsernakaberd” yodgorlik majmuasiga chiqadi va hukumat hamda siyosiy ko‘pchilik tomonidan olib borilayotgan kurs aynan shunga asoslanadi. Pashinyan davlatchilik va tinchlikni genotsid takrorlanmasligining kafolati deb atagan.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, armanlarning yangi qirg‘iniga yo‘l qo‘ymaslik uchun “xalqaro miqyosda tan olingan hududlardan tashqarida vatan izlashni to‘xtatish” kerak. Pashinyanning ta’kidlashicha, yo‘qotilgan yerlarni qaytarishga va avvalgi chegaralarni tiklashga chaqirayotgan kuchlar Armanistonni 1878 yildagi San-Stefano konferensiyasi relslariga qo‘ymoqda, bu yo‘lning oxirgi bekati esa davlatchilik va vatanni yo‘qotishdir.

Ma’lumot uchun, har yili 24 aprelda Usmonlilar imperiyasidagi armanlar genotsidi – XX asrning birinchi genotsidi deb ataladigan voqea xotirasi yod etiladi. Turkiya hozirgacha 1,5 milliondan ortiq armanning ommaviy qirg‘in qilingani haqidagi ayblovlarni rad etib keladi, biroq genotsid fakti ko‘plab davlatlar va xalqaro tuzilmalar tomonidan tan olingan.


Maqola muallifi

Teglar

armanlar genotsidi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing