Pashinyan Armanistonning KXSHTdagi ishtiroki nega muzlatilganini tushuntirdi
Olam
−
29 fevral
4862Armanistonning Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) bilan munosabatlarini amalda muzlatib qo‘yishi Armanistonning KXSHTda doimiy vakili yo‘qligini anglatadi. Bu haqda parlament soati chog‘ida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ma’lum qildi.
“Mana bir yildan beri KXSHTda doimiy vakilimiz yo‘q. Biz KXSHT tadbirlarida anchadan beri yuqori saviyada qatnashmadik. KXSHTda qaror qabul qilishda konsensus tamoyili mavjud, biroq biz unda oddiy sababga ko‘ra ishtirok etmayapmiz, chunki bizda nima uchun ishtirok etishimiz kerak degan savolga javobimiz yo‘q”, degan Pashinyan Armanistonning tashkilotdagi ishtirokini muzlatish nimani anglatadi, degan savolga javob berar ekan.
Unga ko‘ra, agar tashkilot o‘z majburiyatlarini bajarmasa, Yerevan KXSHTga a’zolikni qonuniy ravishda muzlatib qo‘yadi.
"Biz hozir de-fakto faoliyatimizni muzlatib qo‘ygan bo‘lsak, agar muammolar hal etilmasa, buni de-yure qilamiz", deydi Bosh vazir.
Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Yerevanning tashkilot oldidagi asosiy savoli – bu KXSHTning Armanistondagi javobgarlik sohasi nimada ekani.
“Biz KXSHTga savol berdik va shu kungacha javob olmadik. Bu savolga javob yo‘qligi esa, bizningcha, Armaniston Respublikasining milliy xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga tahdid solmoqda”, deya ta’kidlaydi u.
Eslatib o‘tamiz, Pashinyan 23 fevral kuni Armanistonning KXSHTdagi ishtiroki muzlatilganini e’lon qilgandi. Armaniston Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi Yerevanga nisbatan, ayniqsa, 2021-2022 yillarda o‘z vazifasini amalga oshirilmagan va mamlakat buni e’tibordan chetda qoldirolmaydi. Shu munosabat bilan Armanistonning kelishuvdagi ishtiroki to‘xtatildi. KXSHT kotibiyatining ma’lum qilishicha, tashkilot Armaniston ishtirokining to‘xtatilgani to‘g‘risida bildirishnoma olmagan. Kotibiyat gap tashkilot tadbirlarida qatnashmaslik haqida ketayotganini tan oldi.
LiveBarchasi