Pashinyan Armanistondagi keyingi voqealar uchun shaxsan javobgarligini aytdi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bugun, 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida mamlakatning nafaqat o‘tmishi, kelajagi uchun ham javobgar ekanini aytdi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

“Bosh vazir sifatida men mavjud vaziyat uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamga olaman, lekin men nafaqat sodir bo‘lgan voqealar uchun, balki keyingi jarayonlar uchun ham javobgar ekanligimni tushunib turibman. Ichki va tashqi xavfsizlikni ta’minlash va men e’lon qilgan yo‘l xaritasi qoidalarini amalga oshirish mutlaqo ustuvor vazifa bo‘lishi kerak”, deydi hukumat rahbari.

Avvalroq Armaniston Bosh vaziri Facebook’da yarim yil davomida Qorabog‘dagi mojaroning avj oldirilishi sababli ichki siyosiy vaziyatning keskinlashgani munosabati bilan hokimiyatning harakatlar dasturini e’lon qilgandi. Shuningdek, u 2021 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan voqealar to‘g‘risida xabar berishni va’da qilgan.

Armaniston poytaxti Yerevanda muxolifatning bir nechta mitinglari bo‘lib o‘tdi. Uning ishtirokchilari Bosh vazir Pashinyan Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzolagani sababli iste’foga chiqishini talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Bayonotga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjon egallab turgan pozitsiyalarida to‘xtadi, keyin bir qator tumanlar Baku nazorati ostiga o‘tishi belgilandi. Sulhga ko‘ra, tomonlar o‘zaro asirlar, yaradorlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishni allaqachon boshladi. 

Shuningdek, 1960 kishidan iborat Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.

Keyinchalik, Rossiya harbiylari Tog‘li Qorabog‘da tinchlikparvar kuchlar nazoratidagi hududlarda minalardan tozalash ishlarini davom ettirayotgani xabar qilindi.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya qo‘shinlari Qorabog‘da besh yildan ko‘proq qolishidan umidvorligini bildirdi. Pashinyan TASS nashriga bergan intervyusida ushbu besh yillik davr nimaga asoslanib belgilangani va shu vaqt ichida nimalar qilish kerakligi haqida gapirdi

Pashinyanga ko‘ra, Rossiya tinchlikparvar kuchlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlik kafolatlarini yaratishi zarur. Uning qo‘shimcha qilishicha, RTKning Tog‘li Qorabog‘da bo‘lish muddati besh yil bilan cheklanib qolmaydi.

Umidjon Nozimjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing