Pashinyan Aliyevning rad etishiga qaramay, Granadaga borishini aytdi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev uchrashuv o‘tkazishdan bosh tortganiga qaramay, 5 oktyabr kuni Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida ishtirok etish uchun Ispaniyaning Granada shahriga tashrifini bekor qilmadi. Bu haqda u parlamentda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi. 

“Delegatsiyamizning Granadaga tashrifini hech kim bekor qilgani yo‘q. U yerda uchrashuvlar o‘tkazamiz va o‘z pozitsiyalarimizni batafsilroq taqdim etishga harakat qilamiz”, deydi hukumat rahbari. 

Pashinyan ertaga, 5 oktyabr kuni Ispaniyaning Granada shahrida Ilhom Aliyev bilan tinchlik shartnomasini imzolashni rejalashtirganini aytib, Ozarbayjon Prezidenti oxirgi lahzada u yerga borishdan bosh tortganidan afsusda ekanini bildirdi. 

“So‘nggi daqiqalargacha va hatto bugun ham biz Granadaga tashrifni tasdiqladik. Shuni ta’kidlashni istardimki, biz juda konstruktiv va optimistik edik, chunki biz muhim hujjatni imzolash imkoniyati borligiga ishongandik. Ma’lum bo‘lishicha,  yejalashtirilgan uchrashuv bizning aybimiz bilan bekor qilingan. Stol ustida turgan konseptual hujjat tegishli vaqtda imzolanadi, deb umid qilamiz. Men ushbu hujjatni imzolashga tayyorman. Ertaga bunday muhim qarorni e’lon qilish imkonim bo‘lmasligidan afsusdaman”, deydi hukumat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 4 oktyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 5 oktyabr kuni Ispaniyaning Granada shahriga tashrif buyurishdan bosh tortdi. U yerda 5 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi, Fransiya va Germaniya rahbarlari ishtirokida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv o‘tkazilishi kerak edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, rad etishga Fransiyaning buzg‘unchi pozitsiyasi, shuningdek, Parij va Berlinning Turkiyaning uchrashuvdagi ishtiroki bo‘yicha kelishmovchiligi sabab bo‘lmoqda. 

Avvalroq, Fransiya Tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna armanistonlik hamkasbi Ararat Mirzoyan bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Fransiya Armaniston bilan harbiy yordam yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashga tayyorligini aytib o‘tgan edi. Bu esa Bakuning noroziligiga sabab bo‘ldi


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Nikol Pashinyan Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing