Pashinyan Aliyevning aybloviga javob qaytardi

Olam

image

Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘da Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari joylashtirilgani haqidagi bayonotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida ma’lum qildi. 

“Ozarbayjonning Armaniston Respublikasiga nisbatan asossiz ayblovlari to‘xtamayapti. Xususan, Ozarbayjon Armanistondan Armaniston armiyasining bir qismini Tog‘li Qorabog‘dan olib chiqib ketishni talab qilishda davom etmoqda, Armanistonning esa Tog‘li Qorabog‘da askarlari yo‘q. Tog‘li Qorabog‘da Tog‘li Qorabog‘ mudofaa armiyasi faoliyat yuritadi”, deydi Armaniston Hukumati raisi. 

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev kecha, 5 iyul kuni Bakuda bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik harakati muvofiqlashtiruvchi byurosining vazirlar yig‘ilishida so‘zlagan nutqida Armaniston haqiqatan ham uzoq kutilgan tinchlikka erishishdan manfaatdor bo‘lsa, uning Qurolli kuchlari Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasini butunlay tark etishi, bu hududdagi arman harbiy va harbiylashtirilgan tuzilmalari qurolsizlantirilishi kerakligi haqida gapirgan edi. 

Prezidentning qayd etishicha, Armaniston Qorabog‘ni Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olishga majbur bo‘lgan bo‘lsa-da, Rossiya tinchlikparvar kuchlari vaqtincha joylashgan Ozarbayjon hududida hamon arman qurolli kuchlarining qoldiqlari saqlanib qolgan.  


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Nikol Pashinyan Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing