Parlament xo‘jalik boshqaruv organlari ustidan ham nazorat o‘rnatadi
Jamiyat
−
11 avgust 2020
4543O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati jarayonlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.
Qonun bilan parlament va mahalliy Kengashlar faoliyatiga oid bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritildi.
Jumladan, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, Oliy Majlis palatalari Hukumat a’zolaridan tashqari, endilikda xo‘jalik boshqaruv organlari rahbarlarining faoliyatiga doir masalalar yuzasidan ularning axborotlarini eshitish vakolati belgilandi.
Shu bilan birga Qonunda, Parlament tekshiruvlari Oliy Majlis palatalarining nafaqat qo‘shma qarorlari, balki, alohida qarorlari asosida ham o‘tkazilishi mumkinligi ko‘zda tutildi.
Shuningdek, kiritilgan o‘zgartishlarga asosan aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan parlament va senator so‘rovlari kimning nomiga yuborilgan bo‘lsa o‘sha mansabdor shaxs yoki uning vazifasini bajarishi yuklatilgan shaxs tomonidan javob beriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xo‘jalik boshqaruv organlari qatoriga O‘zavtosanoat", "O‘zbekneftegaz" AJ, Uzbekistan Airways AJ, Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari va boshqalar kiradi.
LiveBarchasi