Parijda o‘qituvchiga tahdid qilgan erkak qo‘lga olindi

Olam

image

Fransiya politsiyasi Parij yaqinidagi Atis-Mons kommunasida joylashgan maktab o‘qituvchilariga qarshi diniy tahdid qilgan kishini hibsga oldi. Bu haqda “Le Parisien” gazetasi xabar berdi.

Mazkur maktab o‘qituvchisi dushanba kuni kechqurun politsiyaga ariza bilan murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki marotaba tanaffus paytida ko‘chaga chiqqanida, maktabdan o‘tib ketayotgan bir odam "Allohdan va Payg‘ambarimizdan qasos olamiz. O‘qituvchilar buning uchun hisob berishadi", deb qichqirayotgani eshitgan.

Maktab xavfsizligini ta’minlash uchun seshanba kuni ertalab bir nechta politsiyachilar jalb qilingan. Ular shubhali odamni dars boshlanishidan oldin yana paydo bo‘lganida qo‘lga olishdi. Gumonlanuvchiga qanday ayblovlar qo‘yilishi haqida xabar berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya terakt

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing