Parijda Putin va Zelenskiy uchrashadimi?

Olam

image

Kreml “normand to‘rtligi”ning navbatdagi sammiti doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan alohida uchrashishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

Vladimir Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, tashrif dasturi hozircha ko‘rib chiqilyapti. Yakuniy qarorga kelinmagan.

“Tashrif dasturi hozircha ishlab chiqish bosqichida”, dedi Kreml vakili.

Ukrainadagi inqirozga barham berish bo‘yicha o‘tkazib kelinadigan “normand to‘rtligi”ning navbatdagi uchrashuvi joriy yilning 9 dekabr kuniga belgilangan. Sammitda Putin va Zelenskiydan tashqari, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev mamlakatida Rossiya va Ukraina Prezidentlarining uchrashuvini tashkillashtirish taklifi bilan chiqdi. Ammo Kreml bu taklifga “chiroyli”gina rad javobini berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rossiya-Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing