Parijda portlash yuz berdi (video)

Olam

image

Parijning beshinchi okrugida gaz portlashi yuz berdi. Buning oqibatida bino qulab tushdi va 16 kishi jabrlandi. Bu haqda BFM telekanali xabar bermoqda.

Aytilishicha, bir qator uylarning fasadlari qulab tushgan, bir qancha qo‘shni binolar yonib ketgan. Voqea joyida o‘t o‘chirish brigadasi ishlamoqda, politsiya sektorni evakuatsiya qilmoqda.

Parijning beshinchi okrugi meri Florens Bertuning so‘zlariga ko‘ra, yaradorlarning yetti nafarining ahvoli og‘ir, to‘qqiz nafarining ahvoli esa juda og‘ir. Voqea guvohlari vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkinligi haqida aytmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Parij portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing