Parijda eronlik erkak odamlarga hujum qildi

Olam

image

Noma’lum shaxs Parijdagi Eyfel minorasi yaqinidagi odamlarga hujum qildi. U bir kishini o‘ldirib, bir kishini jarohatlagan, shundan so‘ng politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda Fransiya Ichki ishlar va xorijdagi hududlar vaziri Jerald Darmanen ma’lum qildi. 

"Politsiya xodimlari hozirgina Parijda o‘tkinchilarga hujum qilgan shaxsni ushladi. Bir kishi halok bo‘ldi, yana biri yaralandi va Parij o‘t o‘chirish brigadasidan yordam oldi. Iltimos, bu hududdan qoching", deb yozgan u o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida. 

BFMTV ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi pichoq bilan qurollangan. “Le Parisien” gazetasining yozishicha, jinoyatchining yonida bolg‘a ham bo‘lgan.  

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra,  marhum Germaniya va Filippin fuqaroligiga ega bo‘lgan sayyoh bo‘lib, uning jasadi Bir-Xakeym ko‘prigida mahalliy vaqt bilan taxminan 22:00 da topilgan. U bel va yelkasiga pichoqdan olgan jarohatlaridan vafot etgan. 

“Le Parisien” nashriga ko‘ra, qo‘lga olish chog‘ida hujumchi politsiyachilarni qurol bilan qo‘rqitgan, uni qo‘lga olish uchun ikki marta elektr shok to‘pponchasi ishlatilgan. Qayd etilishicha,  hujumchi 1997 yilda tug‘ilgan eronlik bo‘lib, xavfsizlik xizmatiga tanish bo‘lgan va unga avvalroq ruhiy kasallik tashxisi qo‘yilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Parij Eyfel minorasi eronlik erkak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing