Parij Olimpiadasida ayol bokschi erkak bo‘lib chiqdi (video)

Sport

image

Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi bahslarda italiyalik Anjela Karini raqibi, jazoirlik Iman Xelifga qarshi jangning 46-soniyasida to‘qnashuvni davom ettirishdan bosh tortdi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Nashrda keltirilishicha, Anjela Karini jang davomida raqibining kuchli zarbalariga dosh bera olmagan. Ilgari testosteron va jinsga oid testlardan o‘ta olmagani uchun jahon chempionatlarida qatnashishi taqiqlangan Jazoir bokschisi esa raqibi musobaqani tark etganidan so‘ng, Olimpiadadagi dastlabki jangida g‘alaba qozondi.

Italiya vakili jangdan so‘ng ringda tiz cho‘kkan va qaror e’lon qilinganida Iman Xelifning qo‘lini siqishdan bosh tortgan.

Xalif 2023 yilda Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltin medal uchun kurashdan bir necha soat oldin Xalqaro boks assotsiatsiyasining (IBA) muvofiqlik mezonlarini bajara olmagani uchun diskvalifikatsiya qilingan edi. Jazoir Olimpiya qo‘mitasi (SOA) esa avvalroq Xelifga qilingan hujumlarni qoralagandi.

Shu bilan birga, ertaga, 2 avgust kuni 57 kilogramm vazn toifasida Xitoy Taypeyi (Tayvan) vakili Lin Yuy-Tin o‘zbekistonlik Sitora Turdibekovaga qarshi ringga ko‘tariladi. Ikki karra jahon chempioni Lin tashkilotchilar mezonlarini bajara olmagani uchun jahon chempionatidagi bronza medalidan mahrum bo‘lgandi. Lin ham, Xelif ham 2020 yilda Tokio o‘yinlarida hech qanday bahs-munozaralarsiz jang qilgan ikkita Olimpiadachi hisoblanadi.

“Ularning pasportlariga ayol deb yozilgan. Shu boisdan ularning jinsini muhokama qilish asossizdir”, degan Xalqaro olimpiya qo‘mitasi matbuot kotibi Mark Adams.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Anjela Karini Iman Xelif

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing