Parij Olimpiadasi chiptalar sotuvi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Sport

image

Parij Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasi o‘yinlar tarixidagi rekord miqdordagi chiptalarni sotdi. Bu haqda tashkiliy qo‘mita rahbari Toni Estange ma’lum qildi.

Olimpiada boshlanishiga ikki hafta qolganida 8,6 million chipta sotilgan. Avvalgi rekord 1996 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda Atlanta o‘yinlarida 8,3 million chipta o‘z egasini topgan.

Qayd etilishicha, Olimpiada tashkilotchilari 10 million chipta sotish niyatida.

“Oldingi Olimpiada o‘yinlariga sotilgan chiptalar soni bo‘yicha hech qanday rasmiy reyting yoki ishonchli ma’lumotlar yo‘q. Bu raqamlar faqat Xalqaro Olimpiya qo‘mitasida bor. Biz allaqachon yangi rekord o‘rnatgandik va hali o‘z rekordimizni yangilashga qodirmiz”, deydi Estange.

Ma’lumot uchun, Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Musobaqalarning ochilish marosimi tarixda ilk bor stadionda emas, balki Sena daryosi qirg‘oqlarida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

chipta Parij Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made