Parij Olimpiadasi chempioni Jahon kubogidagi ishtirokini erta yakunladi

Sport

image

Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon kubogi chorak finalida 4 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ringga ko‘tarildi. Bellashuvlar davomida 2024 yilda Parijda o‘tgan Olimpiada o‘yinlari g‘olibi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev mezbon vakiliga mag‘lub bo‘ldi.

3 aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan ushbu bosqichda -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mirzaxalilov polshalik raqibi Nikolas Pavlikni 5:0 hisobida mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi. -80 kg vazn toifasida Javohir Ummataliyev AQSH vakili Robbi Gonsalesni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. -70 kg vazn toifasida ishtirok etgan Iqboljon Xoldorov angliyalik Odel Kamaraga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va ishtirokini shu bosqichda yakunladi. -65 kg vazn toifasida esa Parij Olimpiadasi chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev sensatsion tarzda mezbon vakili Yuri Reysga mag‘lub bo‘ldi va turnir bilan erta xayrlashdi.

Bugun, 3 aprel kuni yarim final bahslariga start beriladi. Unda 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.

-60 kg: Madiyar Daniyarov - Luis Oliveyra (Braziliya) 23:15;

-90kg: To‘rabek Habibullayev - Vishal (Hindiston) 00:15;

-50 kg: Asilbek Jalilov - Jadumani Mandengbam (Hindiston) 04:15;

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Mixal Yarlinski (Polsha) 04:45;

+90 kg: Jahongir Zokirov - Daniyal Saparbay (Qozog‘iston) 05:00.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Jahon kubogi Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev Fos-du-Iguasu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing