Parij-2024: O‘zbekiston dzyudo jamoasi Olimpiadadagi yurishini to‘xtatdi

Sport

image

Parijda davom etayotgan Olimpiadaning dzyudo turida jamoaviy dastur bo‘yicha bronza medal uchun o‘tish bahsida o‘zbekistonlik dzyudochilar Janubiy Koreya vakillari bilan kuch sinashib, 4:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekistonliklardan Gulnoza Matniyozova va Diyora Keldiyorova jamoaga g‘alaba keltirgan bo‘lsa ham, qolgan dzyudochilar raqiblariga yutqazdi.

Endi Janubiy Koreya jamoasi bronza medali uchun germaniyalik sportchilar bilan bahs olib boradi.

Shunday qilib, o‘zbekistonlik dzyudochilar yakkalik bahslarida 3 ta medal jamg‘arib, Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Parij Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made