Parij-2024: Fransiya xavfsizlik masalasida dunyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilmoqda
Sport
−
22 iyul
2767Fransiya hukumati 40 ta davlat bilan hamkorlikda Parijdagi Olimpiada o‘yinlari xavfsizligini ta’minlamoqda. Bu haqda Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi rahbari Toni Estange ma’lum qildi.
“Har qanday xalqaro tadbirda bo‘lgani kabi xalqaro xavfsizlik hamkorligi borligini tasdiqlay olaman. Fransiya bilan xavfsizlik masalalarida 40 ta davlat hamkorlik qilmoqda. Biz xavfsizlik masalasida hamkorlik ishlarini ikki yil oldin boshlagan edik. O‘yinlar davomida hamma narsa to‘liq nazorat ostida bo‘lishiga ishonchim komil”, deydi Estange.
Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. To‘rt yillikning eng yirik sport musobaqalarini futbol bahslari boshlab beradi. 24 iyuldan futbol terma jamoalari o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olimpiada bahslari uchun rekord darajada chiptalar sotilayotgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi