Parij-2024: Diyora Keldiyorova yana medallar uchun kurashadi
Sport
−
02 Avgust 2024 45232 1 daqiqa
Olimpiada bahslarining dzyudo bellashuvlarida -52 kg vaznda oltin medalga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova jamoaviy bahslarda ishtirok etadi. Bu haqda sportchining o‘zi Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmatiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Keldiyorova endi miks bahslarda -52 kg vaznda emas, -57 kg da chiqish qiladi.
Jamoaviy dasturda O‘zbekiston vakillari ilk bosqichda kanadalik dzyudochilarga qarshi tatamiga chiqadi. Miks bahslar yakkalik bellashuvlari yakunlangach boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Diyora Keldiyorova Olimpiadadagi kimonosini Lozanna muzeyiga sovg‘a qilgani xabar qilingandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr