Parij-2024: Bugun o‘zbekistonlik futbolchilar Olimpiadadagi oxirgi o‘yinini o‘tkazadi
Sport
−
30 iyul 2024 9442 1 daqiqa
Bugun, 30 iyul kuni Parij Olimpiadasida ishtirok etayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi turnirdagi oxirgi o‘yinini o‘tkazadi. Oxirgi turda Temur Kapadze shogirdlariga Dominakan vakillari raqiblik qiladi.
Birinchi va 2-turdagi mag‘lubiyatlardan keyin o‘zbekistonlik futbolchilarning musobaqadagi yurishi muddatidan avval yakunlandi. O‘zbekistonning bugungi raqibi Dominikan ham turnir bilan xayrlashib bo‘ldi.
O‘zbekiston joy olgan “C” guruhidan Ispaniya va Misr jamoalari chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. O‘z navbatida, bugun mazkur ikki jamoa o‘zaro bahs olib borib, guruh g‘olibini aniqlab oladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Dominikan o‘yini Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi. Bahsga Parijdagi “Park de Prens” stadioni mezbonlik qiladi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr